Yunusobod tumani hokimligi moliya bo’limida qo’shma amaliyot darsi tashkil etildi

Yunusobod tumani hokimligi moliya bo’limida qo’shma amaliyot darsi tashkil etildi

    Qo‘shma amaliyot va sayyor darslarni o‘tkazish grafigiga muvofiq 2019-yilning 3-dekabr kuni “Davlatiy moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yuldasheva N.V. rahbarligida Moliya fakulteti 4-kurs MM-44 guruhi uchun Yunusobod tumani hokimligi moliya bo‘limida qo‘shma amaliyot darsi tashkil etildi.

 

    Dars davomida bo‘lim mudiri Obidov Shoxruz Rauf o‘g‘li xarajatlarni moliyalashtirishning smetali tartibi hamda byudjet tashkilotlari xarajatlarini davlat xaridlari orqali amalga oshirish amaliyoti bo‘yicha ma’lumot berdi. U xaridlarning turlari, ushbu tizimdagi muammolar va bugungi kundagi rivojlanish istiqbollari haqida batafsil to‘xtaldi.

 

11:30 / 2019-12-05
Success helper
Success warning